Sovuqqa allergiya – bu organizmning past haroratga bo‘lgan noan'anaviy reaktsiyasi bo‘lib, ko‘pincha sovuq shamol, muzdek suv yoki qishki ob-havo ta’sirida yuzaga keladi.
Sovuqqa allergiya alomatlari sovuq harorat ta’siridan 3-5 daqiqada paydo bo’lib, 1-2 soatdan bir necha kungacha kuzatilishi mumkin:
Teri qizarib, qichishi yoki qattiq toshmalar paydo bo‘lishi, qo‘l-oyoqlarda yoki yuzda shishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Shilliq pardalarning ta’sirlanishi: Burun oqishi, ko‘z yoshlanishi yoki tomoqda g‘ashlanish.
Og’ir holatlarda nafas qisishi va anafilaktik shok kuzatilishi mumkin.
Sovuqqa allergiyaga kimlar ko‘proq moyil?
Bu holat odatda immuniteti zaiflashgan, surunkali kasalliklari bo‘lgan yoki organizmi past haroratga sezgir bo‘lgan odamlarda kuzatiladi. O’rta yoshli ayollarda nisbatab ko’proq uchraydi.
Nima qilish kerak?
1️⃣ Sovuqda qo‘lqop, sharf va issiq kiyimlar kiyib, terini himoya qilish.
2️⃣ Past haroratdan keyin issiq xonada darhol isitinish va quritish.
3️⃣ Terini himoya qiluvchi yog‘li krem yoki maxsus sovuqdan himoyalovchi vositalarni ko’chaga chiqishdan 1 soat avval qo‘llash.
4️⃣ Simptomlar jiddiy bo‘lsa, allergologga murojaat qilish.
O‘z sog‘lig‘ingizga e’tibor bering va sovuqda himoyalaning!
Muhim! Nasldan naslga kasallik emas, balki allergiyaga moyillik o'tadi. …
Qish davrida aksirish, yo’tal, xansirash, nafas qisishining kamdan-kam…
Sovuqqa allergiya – bu organizmning past haroratga bo‘lgan noan&…