#
10.02.2025 549

Mog’or zamburug’lari

Qish davrida aksirish, yo’tal, xansirash, nafas qisishining kamdan-kam sabablari  Penicillium, Alternaria, Aspergillus, Candida, Cladosporium zamburug’ allergenlari bo’lishi mumkin.
Zamburug’li pishloq, achitqi sut maxsulotlar, kvas, pivo, shampan ichimliklar, dudlangan maxsulotlar, oshirma xamir maxsulotlari, tuzlangan karamlarni iste’mol qilganda terida toshmalar va oziq-ovqat allergiya belgilari kuzatilishi mumkin.
⚪️Zamburug’lar quyosh nuri tushmaydigan, havo namligi yuqori va harorati iliq bo’lgan xonalarda (hammjm, yerto’la, ombor, metro)  ko’payadi.
⚪️Zamburug’lar sporalari tarqalishi davolashi qiyin va asoratlari bo’lgan kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi.

✅ O’zbekiston aholisida Alternaria alternataga sensibilizatsiya 39,9 foizdan (Toshkent bo’yicha) 19,4 foizgacha (Farg’ona bo’yicha), respublika bo’yicha o’rtacha 26,7 foizgacha aniqlangan (XMAM ma’lumotlari). (https://t.me/icmauz)

✅ O’zbekiston Respublikasining iqlimi va ob-havosini hisobga olsak zamburug’ sporalari havoda deyarli yil davomida tarqalishi mumkin, buni aeromonitoring natijalari ham tasdiqlamoqda (XMAM ma’lumotlari). (https://t.me/icmauz)

Zamburug’ sporalari ko’p miqdorda havoda, suvda, tuproqda, o’simliklarda, gul tuvaklarida, gilam, taxta buyumlar, maishiy buyumlar, konditsioner, havo namlantiruvchi uskuna, sovutgich, kuler, havo namligi yuqori bo’lgan xonalarda uchraydi.
 

#
17.03.2025 530

Agar har ikkala ota-ona allergiyadan aziyat cheksa, farzandda …

Muhim! Nasldan naslga kasallik emas, balki allergiyaga moyillik o'tadi. …

#
18.07.2025 106

Maishiy allergenlarga nisbatan allergiya tushunchasi nimani an…

Maishiy allergenlar — bu odatda uy va xonadonlarda uchraydigan, allerg…

#
31.07.2025 46

Havo namlantirgich haqida bilasizmi?

Havo namlantirgich — bu qurilma atrof-muhitdagi havo namligini me&rsqu…