Sizga yoki yaqinlaringizga bahor va yoz oylarida burun bitishi, ko‘z qichishishi yoki nafas olishda qiynalish tanishmi? Buning sababi faqat gulchanglar emas — zamburug‘ sporalari ham kuchli allergen bo‘lishi mumkin.
Havo orqali tarqaladigan ushbu mikroskopik sporalar ayniqsa:
• Nam va issiq ob-havoda
• Yomg‘irdan keyin
• Zax joylarda ko‘p uchraydi
Ular allergik rinit, astma va teri toshmalariga sabab bo‘lishi mumkin.
Nima qilish kerak?
• Uyda namlik darajasini nazorat qiling
• Xonalarni muntazam shamollating
• Allergolog maslahatiga murojaat qiling
Markazimiz tadqiqotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, shuningdek Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida zamburug‘ sporalari o‘ta yuqori miqdorda aniqlandi. Boshqa hududlarda esa ular kam yoki o‘rta miqdorda uchradi.
Bugun poytaxtimizda “Innovatsion texnologiyalar respirator tibbiyotda&…
Poytaxtimizda “Bolalarda allergik kasalliklar: Fanlararo masalalar va …
Vatanimiz bayrog‘ining qabul qilinganligining 34 yilligi bilan barchan…