#
21.08.2025 4181

“Daraxtlar reyestri” kurslari davom etmoqda

2025-yil 18–29-avgust kunlari Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti — Green University Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazida “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish” yo‘nalishi bo‘yicha “Daraxtlar reyestri” kurslari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda.

Birinchi darslardan so‘ng talabalar dala mashg‘ulotlariga chiqib, daraxt turlarini o‘rganish, ularning morfologik xususiyatlari va o‘sish muhiti bilan tanishish bo‘yicha kuzatuv ishlarini amalga oshirdilar. Jarayonda ular nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, amaliy tajribaga ham ega bo‘ldilar.

Kursning asosiy maqsadi — O‘zbekiston Respublikasida ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish doirasida, daraxtlarni raqamlashtirish orqali ularning elektron reyestrini shakllantirishga qodir mutaxassislarni tayyorlashdir.

Ushbu o‘quv jarayonida Xalqaro Molekulyar Allergologiya Markazi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

#
27.06.2025 4335

Vebinar: “Klinik amaliyotda immunologik hushyorlik”

Vebinar: “Klinik amaliyotda immunologik hushyorlik”

O‘z…

#
18.11.2025 4035

Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi muborak!

Vatanimiz bayrog‘ining qabul qilinganligining 34 yilligi bilan barchan…

#
24.03.2025 4738

Xalqaro hamkorlik va ekologik tashabbuslar

Xalqaro Molekulyar Allergologiya Markazi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O&…