#
28.08.2025 4195

“Daraxtlar reyestri” loyihasi doirasida o‘quv kurslari davom etmoqda

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazida “Daraxtlar reyestri” loyihasi doirasidagi kurslar davom etmoqda. Mashg‘ulotlar oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda soha mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda.

Birinchi darsdan so‘ng talabalar o‘qituvchilar bilan birgalikda dala mashg‘ulotlariga chiqib, daraxt turlarini o‘rganish bo‘yicha kuzatuv ishlari olib bordilar. Jarayonda ular nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, daraxtlarning morfologik xususiyatlari va o‘sish muhiti bilan tanishdilar.

Kursning asosiy maqsadi — O‘zbekiston Respublikasida ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish va “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish doirasida, daraxtlarni raqamlashtirish orqali ularning elektron reyestrini shakllantira oladigan mutaxassislarni tayyorlashdir.

Mazkur o‘quv jarayonida Xalqaro Molekulyar Allergologiya Markazi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

#
10.02.2025 4908

Onlayn seminar: Aerobiologiya sohasidagi muhokamalar

 M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti – Xalqaro mol…

#
24.07.2025 4544

Pollinoz (gulchang allergiyasi) haqida

Pollinoz — bu o‘simlik gulchangiga (polenga) nisbatan kuzatiladi…

#
19.09.2025 4286

Toshkentda xalqaro ilmiy anjuman

Bugun poytaxtimizda “Innovatsion texnologiyalar respirator tibbiyotda&…