#
16.09.2025 4309

Ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok

Xalqaro Molekulyar Allergologiya Markazi xodimlari 2025-yil 12–13 sentyabr kunlari Almaty shahri Qozog‘iston Milliy Agrar Tadqiqot Universitetida bo‘lib o‘tgan “O‘simliklar muhofazasi – yashil dunyo” xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etdilar.

Ushbu anjumanda Rossiya, Belorussiya, Qirg‘iziston, AQSh, Germaniya, Xitoy va O‘zbekiston mutaxassislari qatnashib, o‘simliklar muhofazasida ilm-fanning ahamiyatiga e’tibor qaratdilar hamda hamkorlikdagi loyihalar natijalari haqida ma’lumot berdilar.

G. Djambekova o‘z ma’ruzasida: insonlar va o‘simliklarda kasallik chaqiradigan zamburug‘ sporalarining tarqalishi, ularning havodagi miqdorini aniqlash maqsadida aerobiologik tadqiqotlar olib borilishini ta’kidladi.

Shuningdek, Qozog‘iston Milliy Agrar Tadqiqot Universiteti bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

#
03.07.2025 4346

Bugun, Butunjahon allergiyaga qarshi kurash kuni munosaba…

Bugun, Butunjahon allergiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Xalqaro Mo…

#
17.10.2025 4160

2025-yil 17–18-oktabr — Bolalar shifokorlarining XII-Evro…

2025-yil 17–18-oktabr kunlari bolalar shifokorlarining XII-Evroosiyo k…

#
19.06.2025 4538

Markazimiz “Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasida ish…

Markazimiz “Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasida isht…