Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazida 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida 2025-yil 22-dekabr kuni Markaz xodimlari uchun
“Xalqaro molekulyar allergologiya markazida korrupsiyaga qarshi kurashish usullari” mavzusida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur o‘quv mashg‘uloti 2025-yilga mo‘ljallangan reja-grafikka muvofiq o‘tkazilib, unda Markazning barcha tarkibiy bo‘linmalari xodimlari ishtirok etdi. O‘quv jarayonida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining asosiy elementlari, muhim chora-tadbirlar, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish mexanizmlari, xodimlar va tarkibiy bo‘linmalarning majburiyat hamda vakolatlari, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va boshqarish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shoʻradoshlar — asosan o‘tsimon o‘simliklar bo‘lib, …
Xalqaro molekulyar allergologiya markazida allergik kasalliklarni aniqlash v…
Xalqaro Molekulyar Allergologiya Markazining 2026 yil uchun Oliy ta’li…