Rasm

Allergologiya va immunologiya yo‘nalishida tayanch doktorantura tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil16-fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” PF-4958-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 304-son hamda 2020-yil 6-noyabrdagi “Ilmiy darajadagi kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 696-son qarorlariga muvofiq, molekulyar allergologiya sohasida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek, fan va texnologiyalarning ustuvor yo‘nalishlarida tadqiqotlarni rivojlantirish, davlat ilmiy dasturlarni amalga oshirish maqsadida Innovatsion rivojlanish agentligi  huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazida “Allergologiya va immunologiya” - 14.00.36 ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti ochildi.